Ummon guruhi - Kelmasa malol
Kelmasa malol,
Kel yonimga bir bor.
Qo‘llaringdan tutay,
Sog‘inchimni yengay.

Kelmasa malol,
Qil qayta baxtli.
Yo‘qliging tufayli
Yemay qo‘ydim deyarli.

Avval sezilmadi,
Sekin-asta boshladi,
Talpinib sen tomonga,
Hislar sen tomonga.

Avval ezilmadim,
Har xil yo‘llar izladim.
Lek afsus topolmadim,
Seni unutolmadim.

Ko‘zlaringdan ayirding meni,
So‘zlaringdan ayirding meni,
Qaysi qilgan aybim uchun
Yonimda yo‘qsan bugun?

Aybim bo‘lsa, yuzimga
Nega javob yozmay qo‘yding, ayt?
Nega o‘zgarib ketding,
O‘zgalarga ketding?

Kelmasa malol,
Esla meni bir bor.
Sen eslagan tuni
Tushimga kirgin takror-takror.

Agar kelsa malol,
Unda hammasi tamom.
Hammasi yolg‘on,
Bir umrga menga
Bo‘lib qolding armon.

Tunlar uni o‘yladim,
U esa o‘ylamadi.
Tushlarimda kutardim,
U esa bir kelmadi.
Nahotki sog‘inmadi mani?

Ko‘zlaringdan ayirding meni,
So‘zlaringdan ayirding meni,
Qaysi qilgan aybim uchun
Yonimda yo‘qsan bugun?

Aybim bo‘lsa, yuzimga
Nega javob yozmay qo‘yding, ayt?
Nega o‘zgarib ketding,
O‘zgalarga ketding?
Понравился текст этой песни?
Обязательно поделись с друзьями:
Комментарии
Никто ещё не оставил комментариев, станьте первым.
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.