Botir Qodirov - Yurtim
Bugun hayajondadir yuraklar,
Bo‘lar shodiyonalar, voy-doda.
Karnay-surnay berar daraklar,
Aylab sho‘x taronalar.

Andijondan to Xorazm
To‘yu-tantana, bazm.
Qashqadaryo, Surxondaryo
Shodligi dunyo-dunyo.

Omon-ey, omon-ey,
Qanday go‘zal zamon-ey,
Ko‘rgan ko‘zlar quvnasin bu kun.
(Bayramingiz muborak!)

Omon-ey, omon-ey,
Keling bizlar tomon-ey,
Hamma shodon o‘ynasin bugun.

Yor-ey, yor-ey,
Qomatlar shamshod-ey.
Dilda g‘urur,
Qaddimiz tog‘ mag‘rur.

Samarqandu Farg‘ona
Bugun katta to‘yxona.
Buxoro, Qoraqalpoq –
Tantana, shodiyona.

(Yurtim sarhadi mahkam, mustahkam,
Qalblar hotirjam, dillar hotirjam.
To‘kin-sochinlik, qut-barakada
Mehr-oqibat aka-ukada.)

Tarovat taralar yorug‘ yuzlardan,
Quvonch sezilar qaro ko‘zlardan.
Yurtim shod bugun erkin nafasda,
Dunyo nigohi porlar havasda.

Bugun hayajondadir yuraklar,
Bo‘lar shodiyonalar, voy-doda.
Karnayu-surnay berar daraklar,
Aylab sho‘x taronalar.

Bitmas faxru-iftixor yurakda,
Yurtimning kamolidan aylonay.
Ko‘ngillar mangu ezgu tilakda,
Xalqim istiqbolidan.

Andijondan to Xorazm
To‘yu-tantana, bazm.
Qashqadaryo, Surxondaryo
Shodligi dunyo-dunyo.

Omon-ey, omon-ey,
Qanday go‘zal zamon-ey,
Ko‘rgan ko‘zlar quvnasin bu kun.
(Bayramingiz muborak!)

Omon-ey, omon-ey,
Keling bizlar tomon-ey,
Hamma shodon o‘ynasin bugun.

Oo-oy, kamolingdan aylanay, yurtim!
Понравился текст этой песни?
Обязательно поделись с друзьями:
Комментарии
Никто ещё не оставил комментариев, станьте первым.
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.