Новость

Millionerlardan 20 ta оltin qoida

26.06.20253530
Biz hayotimiz davomida juda ko‘plab omadli insonlarni uchratamiz, eshitamiz va ularga havas qilamiz. Qaniydi biz ham shunaqa bo‘lsak, deymiz. Ammo, bu kunlarga erishish uchun biz nimalar qilishimiz kerakligini bilamizmi? Bugun sizlarga hayotda omadga ko‘p erishgan va boy bo‘lish borasida ham hammaga taniqli millionerlardan boy va omadli bo‘lishning sirlari haqida o‘rtoqlashamiz.

20 oltin qoida:

1. Odamlarga o‘zlari kutganidan ham ko‘proq bering va buni tabassum bilan qiling.
2. Hamma eshitganlaringizga ham ishonavermang, topganingizni hammasini sarflamang, qancha xohlasangiz, shuncha uxlash kerak emas.
3. Odamlardan kechirim so‘rash vaqtida ularning ko‘zlariga qarang.
4. Bir ko‘rishdagi sevgiga ishoning.
5. Boshqalarning orzularini ustidan kulmang.
6. Haqiqiy tortishing, bahslashing, ammo urushga aylantirib yubormang.
7. Sekin ayting, ammo tez o‘ylang.
8. Sizga javob berishni xohlamagan savolingizni berishsa, ularni javobsiz qoldirmang, aksincha, tabbasum bilan: “Nimaga buni bilishni istaysiz?” deb so‘rang.
9. Yodingizda tuting, katta sevgi va ko‘proq g‘alaba sizdan katta tavakkalni talab qiladi.
10. Uch narsani yodingizda tuting: o‘zingizni hurmat qiling, o‘zgalarni hurmat qiling va ishingizni sidqidildan bajaring.
Millionerlardan 20 ta оltin qoida
11. Mayda chuyda narsalarni orqasidan, katta mustahkam munosabatni va aloqani buzmang.
12. Telefon qo‘ng‘irog‘iga tabbasum bilan javob bering, suhbatdoshingiz buni ovozingizdan osongina fahmlaydi.
13. Esingizda tursin – ba’zan sukut saqlash eng yaxshi javob bo‘ladi.
14. Ko‘proq kitob o‘qing, televizorni kamroq ko‘ring.
15. O‘zingiz xohlaganday yashang! Yoshingiz o‘tib, ortingizga sarhisob qilish uchun qayrilganingizda, yashab o‘tgan hayotingizdan dilingiz yayrasin.
16. O‘zingiz sevgan ish bilan shug‘ullaning.
17. Bir yilda bir marta, avvallari hech bo‘lmagan yeringizga borib, aylanib keling.
18. Erishgan yutug‘ingizni qilgan qurbonligingizdan ustun qo‘ying va yuqori baholang.
19. Yetti o‘lchab, bir kes.
20. O‘ylagan niyatiga erishishdagi eng asosiy sir – bu maqsadga o‘zingiz ham ishonishingiz. Odam o‘z maqsadiga ishonsagina o‘shanda u ushaladi.

Xo‘sh, siz yuqorida berilgan qoidalardan qaysi biriga amal qilasiz?
Обязательно поделись с друзьями:
Комментарии
Никто ещё не оставил комментариев, станьте первым.
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.